Kolbasa ishlab chiqarish bir necha bosqichda amalga oshiriladi: go'shtni maydalash, qiyma holatiga keltirish, ziravorlar qo'shish, pishirish, (bir muddat tindirib qo'yish), markirovkalash. Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida sanitariya-gigiyena me'yorlariga qat'iy rioya qilinadi.
Zavodda kolbasa va go‘sht mahsulotlarini samarali, sifatli va tez ishlab chiqarish imkonini beruvchi zamonaviy uskunalardan foydalanilmoqda. Jarayonlarning aksariyati elektron uskunalar yordamida amalga oshiriladi, bu bizga yakuniy mahsulot sifatini yanada yuqori darajaga ko'tarish imkonini beradi. Bundan tashqari zavod ishchilari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini diqqat bilan kuzatib boradilar