Mehr Uchun Vaqt Toping

Biz Asl Baraka kompaniyasimiz va 2013 yildan buyon gp'sht va kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqaramiz. Shu vaqt moboynida mahsulotlarimiz mijozlarimizning mehri va e'tirofiga sazovor bo'ldi. Har bir mahsulotimizda biz faqat eng yangi va eng sifatli ingredientlardan foydalanamiz.

Zavodimiz mamlakatdagi eng yirik zavodlardan biri bo'lib, har xil turdagi yarim dudlangan va qaynatilgan kolbasa, sosiskalar va go'sht mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Kompaniyamiz faoliyati davomida mamlakatning barcha viloyatlariga yetib borishga, ta'minot zanjirlarini qurishga va eng muhimi, mijozlarimizning ishonchini qozonishga muvaffaq bo'ldi.

2013

2019

2022

So'nggi 10 yil ichida kompaniyada o'zgarishlar amalga oshirildi va bu o'zgarishlar kompaniyaning vizual dizaynida o'z aksini ham topdi. 2019 yilda rebrending amalga oshirildi, butun vizual komponentlar to'liq o'zgartirildi, rasmlar modernizatsiya qilindi va yagona stilizatsiyaga olib kelindi. 2022 yilda kichik restyling amalga oshirildi, logotip o'zgartirildi. Barcha yangiliklarga qaramay, kompaniyamiz o'z mijozlariga va mahsulotining yuqori sifatiga e'tiborli bo'lib qolmoqda.

Asl Barakaning barcha mahsulotlari halol standartlariga muvofiqligi sertifikatiga ega. Ishlab chiqarish muntazam ravishda World Halal Trust kompaniyasi tomonidan halol standartlariga muvofiqligi tekshiriladi

Bizning afzalliklarimiz

Keng assortiment

Halol sertifikati

Sifatiga mos adolatli narx

Barcha viloyatlar mavjudligi