Biz — Asl Baraka, kolbasa va go‘sht mahsulotlari brendi sifatida Brand Awards International 2026 mukofotining “Iste’molchilar orasida mehr ijtimoiy qadriyatlarini shakllantirayotgan brend” nominatsiyasida taqdirlandik.
Biz uchun ushbu mukofot media bozorda endilikda nafaqat mahsulotlar, narxlar va reklama formatlari o‘rtasidagi raqobat, balki qadriyatlar — ya’ni brend odamlar bilan mahsulotdan tashqari qanday mazmun orqali muloqot qilayotgani ham tobora muhim ahamiyat kasb etayotganining yana bir tasdig‘idir.
So‘nggi yillarda Asl Baraka “Mehr uchun vaqt toping” platformasini muntazam ravishda rivojlantirib kelmoqda. Biz bunda nafaqat mahsulotga, balki oilaga va yaqinlarga e’tibor, mehr va g‘amxo‘rlik qadriyatlariga urg‘u berib kelmoqdamiz. O‘zbekiston uchun bu ayniqsa yaqin mavzu: ota-onaga hurmat, oilaviy yaqinlik va birgalikda vaqt o‘tkazish kundalik madaniyatning muhim qismi bo‘lib qolmoqda.
Mazkur mukofot alohida bir reklama kampaniyasini emas, balki brendimizning mehr mavzusini turli faoliyat va formatlar orqali — umumiy kommunikatsion platformadan tortib maxsus loyihalargacha — muntazam yoritib kelayotganini e’tirof etadi.
Qo‘lga kiritilgan mukofot Asl Baraka uchun mehr, yaqinlarga e’tibor va sevimli insonlarga vaqt ajratish mavzusi nafaqat hissiy shior, balki mustahkam pozitsiyalashuv asosi ekanini yana bir bor tasdiqladi.